VIKRON GROUP Koch-Chemie kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi va Germaniyaning Koch-Chemie brendining O‘zbekiston va Turkmanistondagi rasmiy hamkoriga aylandi.
Koch-Chemie — 1968-yilda asos solingan, premium avtomobil kimyosi mahsulotlariga ixtisoslashgan nemis ishlab chiqaruvchisi. Kompaniyaning mahsulotlari Mercedes-Benz, BMW va VW kabi brendlar tomonidan sertifikatlangan va ma’qullangan bo‘lib, “Mutaxassislar uchun mukammallik” shiori ostida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga yetkaziladi.